Moskva kinoteatrida “O`zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimi bo`ldi

Madaniyat 25.12.2022, 09:21
Moskva kinoteatrida “O`zbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimi bo`ldi

Moskvaning muhtasham “Illyuzion” kinoteatrida “O`zbekiston kinosi kunlari” tantanali ochildi. Bu tadbir Rossiya Madaniyat vazirligi hamda Kinematografiya va raqamli rivojlanish bo`limi va  O`zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Moskvalik kino muxlislar e`tiboriga so`nggi ikki yil ichida suratga olingan turli janr va mavzudagi to`rtta film havola etiladi. Bu o`z navbatida tomoshabinga zamonaviy o`zbek kinosining bugungi qiyofasi haqidagi ma`lum tasavvur va xulosalarga kelish imkonini beradi. “O`zbek kinosi kunlari” dasturi doirasida kinorejissyor Yolqin To`ychievning “Faridaning ikki ming qo`shig`i”, “Qo`rqut ota” 2-xalqaro kinofestival g`olibi , kinorejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan “Ayol qismati” badiiy filmi, kinorejissyor Rashid Malikovning “Tutqunlik” hamda kinorejissyor Qamara Kamalovaning “Kim deyay seni” kartinalari namoyish etiladi.  

Shuningdek ushbu tadbir doirasida kecha delegasiya a`zolari boy  tarixga ega o`sha mashhur “Mosfilm”ga tashrif buyurishdi. Ijodkorlar u erning boy tarixi hamda zamonaviy texnik va ijodiy imkoniyatlari bilan tanishishdi.

Shuningdek, delegasiya a`zolari yaqin kunlarda o`z ishini boshlaydigan eng katta kino pavilon, eng zamonaviy uslubda tomoshabinga xizmat ko`rsata oladigan, katta ekranda film tomosha qilsa ham, spektakl sahnalashtirsa ham bo`ladigan zamonaviy kinoteatr hamda rus kinosining boy tarixi haqida hikoya qiladigan yo`laklar bo`ylab noyob eksponatlar joylashtirilgan muzeyda bo`lishdi. 

Rossiyalik kinoijdkorlar hamda mutasaddilar bilan birgalikda o`tgan  ijodiy uchrashuvda ishtirok etishdi.   Unda Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligining Kinematografiya va raqamli rivojlantirish departamenti direktori o`rinbosari Svetlana Frinchinskaya, "Mosfilm" kinokonserni bosh direktori Karen Shaxnazarov, "Soyuzmultfilm" kinostudiyasining bosh prodyuseri Yuliya Osetinskaya, O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, "O`zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Odilov, BDKI professori Odelsha Agishev, Agentlik xalqaro bo`limi xodimi Sayyora Xudoyberdieva, rejissyorlar Rashid Malikov, Dilmurod Masaidovlar, Eljon Abbosov hamda Odilsho Agishevlar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda rus-o`zbek hamkorlik loyihalari masalasi muhokama qilindi. O`zbek tomoni 5 ta yirik kino loyiha - “Zilzila”, “Paxtakor 79”, “Jizzax qo`zg`oloni”, “Masjid” hamda“Amir Temur hamda To`xtamishxon” filmlarini rossiyalik hamkasblari e`tiboriga havola etishdi. 

"Taqdim etilgan loyihalar ichida menga eng yoqqani va e`tiborimni tortgani -“Masjid” bo`ldi va men ushbu loyiha ustida o`zbek hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilishga tayyorman", - dedi Mosfilm” kinostudiyasi direktori, rejissyor hamda kinossenarist Karen Shaxnazarov . 

Bugun esa Moskvaning “Illyuzion” kinoteatrida zamonaviy o`zbek kinosining bir qator filmlari namoyishi bo`lib o`tadi. Ushbu loyiha Rossiya Federasiyasining Madaniyat vazirligi O`zbekistondan kelgan kino delegasiya katta tarixga ega bo`lgan “Mosfilm” kinostudiyasida hamda “Kino muzey”da bo`lishdi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1