Prezident Shavkat Mirziyoev 26 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun davlatimiz rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o`rin olgan.