AsosiyMadaniyat

“Oltin humo” kimlarga nasib etdi? Tantanali taqdirlash marosimidan eksklyuziv reportaj(video)

'“Oltin humo” kimlarga nasib etdi? Tantanali taqdirlash marosimidan eksklyuziv reportaj(video)'ning rasmi

Kecha, 28 dekabr kuni “Oltin Humo” taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

“Oltin Humo” 2018 yil 26 dekabrda milliy kinotaqdimot sifatida ta`sis etilgan O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining har yili taqdim etiladigan milliy mukofoti hisoblanadi.  Kinotaqdimot ilk bor 2019 yil 10 aprelda bo`lib o`tgan.  

Joriy yilda O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi va Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti saralash komissiyasiga 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 1 oktyabrga qadar premerasi bo`lib o`tgan jami 85 ta film, xususan, 25 ta badiiy, 55 ta hujjatli va 5 ta animasion filmlar havola etildi.

Unda, 2021 yilning 1 yanvaridan 2022 yilning 1 oktyabriga qadar premerasi bo`lib o`tgan filmlar quyidagi nominasiyalar bo`yicha taqdirlanadilar:

  • Eng yaxshi hujjatli film – “Matonat”
  • Eng yaxshi animasion film — “Buyuk ipak yo`li bo`ylab sayohat”
  • Eng yaxshi kompyuter grafikasi – “Abdulla Qodiriy” filmi uchun Davlat Arabshoev.
  • Eng yaxshi ovoz rejissyori – “Muhabbat bahori” filmi uchun Abduqahhor Karimov.
  • Eng yaxshi grim rassomi — “Muqimiy” filmi uchun Galina Ivanova.
  • Eng yaxshi montaj ishi – “101 reys” filmi uchun Xurshid Alixo`jaev.
  • Eng yaxshi grim rassomi — “Muqimiy” filmi uchun Galina Ivanova.
  • Eng yaxshi libos bo`yicha rassom ishi – “Muqimiy” filmi uchun Anastasiya Sushuk
  • Eng yaxshi kino bastakori — “Tutqunlik” filmi uchun Dmitriy Yanovyanovskiy.
  • Eng yaxshi ssenariy — “Hayrat” filmi uchun Zulfiqor Musoqov.
  • Eng yaxshi operatorlik ishi — “Hayrat” filmi uchun Azizbek Arziqulov.
  • Eng yaxshi rejissyorlik ishi — “Hayrat” filmi uchun Zulfiqor Musoqov.
  • Eng yaxshi ayol roli — “Ayol qismati” filmi uchun Ra`no Shodieva.
  • Eng yaxshi erkak roli — “101 reys” filmi uchun Hoshim Arslonov.
  • Tomoshabin mehrini qozongan film — “Baron 2. Sog`inch.”
  • “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti quyidagi nominasiyalar bo`yicha o`z egalariga topshirildi:

Kinotaqdimot saralash komissiyasi tomonidan 16 ta nominasiya g`olibligiga 5 tadan nomzodlar saralab olindi. “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominasiyasi g`oliblari maxsus platformada va ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berish yo`li bilan aniqlandi. G`oliblar “Oltin Humo” maxsus statuetkasi va 25 million so`m miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar