1

1 yanvardan ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig`i 1 foiz etib belgilanadi

Iqtisodiyot 30.12.2022, 21:04
1 yanvardan ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig`i 1 foiz etib belgilanadi

“Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–287-son, 30.12.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Farmonga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan:

respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi;

tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha soliq solishning quyidagi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi:

5-toifadagi (quyidagi jadvalda keltirilgan) tumanlarda ro`yxatdan o`tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar:

foyda solig`i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini mazkur soliqlar bo`yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo`yicha to`laydi.

Yirik soliq to`lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko`proq miqdorda bo`lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Shuningdek, 5-toifadagi tumanlarda ro`yxatdan o`tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YaTTlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining qat`iy belgilangan summalarini to`lashdan ozod qilinadi.

2023 yil 1 yanvardan:

4 va 5-toifadagi tumanlarda ro`yxatdan o`tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik sub`ektlariga:

banklarning kredit va lizinglari bo`yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko`p bo`lmagan qismini qoplash uchun kompensasiya;

banklar kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so`mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

Farmon bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratishning oshirilgan miqdorlari;

tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharlar toifalaridan kelib chiqib qo`llab-quvvatlash choralari.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1