1

Qozog`iston Rossiya neftining O`zbekistonga tranziti uchun narxlarni oshirdi

Iqtisodiyot 01.01.2023, 12:44
Qozog`iston Rossiya neftining O`zbekistonga tranziti uchun narxlarni oshirdi

“KazTransOil” AJ Rossiya neftini Qozog`iston hududi orqali O`zbekistonga tashish uchun yangi tarifni oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, "KazTransOyl” AJ bosh direktorining buyrug`i bilan Qozog`iston hududi orqali O`zbekistonga tranzit qilish maqsadida Rossiya neftini tashish xizmati tarifi 1 tonna uchun (QQSsiz) 27,9 AQSh dollari miqdorida tasdiqlandi.

Buyruq 27 dekabr kuni imzolangan. Yangi tariflar 2023 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.

Hozirgi tarif 2018 yil 1 yanvardan amal qiladi. Unga ko`ra, 1 tonna uchun 25,12 AQSh dollari miqdorida (QQSsiz) to`lov olinadi. Bunga quyidagilar kiradi:

RFning Qozog`iston bilan chegarasi – “Shag`ir” neft quyish stansiyasi yo`nalishi bo`ylab neftni quyish qiymati, yuqoridagi tarifni hisobga olgan holda – 1 tonna uchun 24,28 AQSh dollari (QQSsiz);

“Shag`ir” neft quyish stansiyasida temir yo`l sisternalariga quyish tarifi – 1 tonna uchun 0,84 dollarni (QQSsiz) tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1