AsosiySport

Abdulqodir Husanov "Manchester Siti"da oy futbolchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik himoyachi mart oyi yakunlariga ko‘ra muxlislar ovoz berishida g‘olib chiqdi. U Rodri va Jeremi Dokudan ustun keldi.

'Abdulqodir Husanov "Manchester Siti"da oy futbolchisi bo‘ldi'ning rasmi

Abdulqodir Husanov muxlislar ovoz berish natijalariga ko‘ra Manchester Sitining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

U raqiblari — Rodri va Jeremi Dokuni ishonchli tarzda ortda qoldirdi.

Husanov himoyadagi faol va jonboz o‘yini bilan muxlislar e‘tiborini qozondi.

Shu tariqa u 2026 yilda ikkinchi bor oy futbolchisiga aylandi — avval yanvar oyida ham shu sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar