AsosiyJamiyat

⚡️Rasman! Maktab va OTMlarda ta`til uzaytirildi, bog`chalarda esa navbatdan tashqari ta`til e`lon qilindi

'⚡️Rasman! Maktab va OTMlarda ta`til uzaytirildi, bog`chalarda esa navbatdan tashqari ta`til e`lon qilindi'ning rasmi

Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli barcha bo`g`indagi ta`lim muassasalarida qishki ta`til kunlari uzaytiriladi. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig`ilish bayoniga asosan, umumta`lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilarining, OTM talabalarining qishki ta`til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023 yilning 17 yanvarigacha davom etadi.

Maktablarda 2022-2023 o`quv yilining 3-choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg`ulotlari o`quv yili davomida boshqa mavzularda tig`izlashtirilib o`qitiladi.

Shuningdek, Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ham navbatdan tashqari ta`til e`lon qilinadi

Maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko`payishiga yo`l qo`ymaslik uchun 2023 yil 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta`til e`lon qilinadi.

Eslatib o`tamiz “O`zgidromet” 9 yanvardan O`zbekistonda harorat tushib, -27 darajagacha sovuq bo`lishi haqida xabar bergan edi.


 

    Boshqa yangiliklar