Bir muddat avval Toshkentda 47 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga nisbatan zo`ravonlik sodir etmoqchi bo`lgani haqida xabar va video berilgan edi.
Voqeaga ko`ra, yozgi ta`til payti yoshi katta erkak yosh qizchani aldov yo`li bilan pod`ezdga chaqirib, uni quchoqlab, keyin labidan o`pgan, so`ng u bilan 1 va 2 qavat o`rtasidagi yo`lakka ko`tarilib, yana o`pishni boshlagan, uning egnidagi shortik va trusiklarini echib, jinsiy a`zolarini ushlagan, bunda barmog`ini orqa avratiga tiqishga harakat qilgan, qizcha baqirmasligi uchun og`zini qo`li bilan yopgan, shu payt qo`shnilardan kimdir eshikni yopadi va erkak qizchani kiyintirib, 10 gacha sanab, keyin ko`chaga chiqishini aytib, chiqib ketadi.
Qizcha darhol bo`lgan voqea haqida onasiga aytadi, ona esa huquqni himoya qilish organlariga murojaat qildi, erkak tezkor topildi. Tergov payti erkak bir necha bor ko`rsatmalarini o`zgartiradi. Psixologik ekspertiza qizcha rost gapirayotganini tasdiqladi.
Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidovning ma`lum qilishicha, 2022 yil 22 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi R.Sh. (1975 y.t.) ni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 119-moddalari (Jinsiy ehtiyojlarni g`ayritabiiy shaklda majburan qondirish) bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topdi. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25-moddasi 4-qismi, 119-qismi asosida ushbu kodeksning 57-moddasini qo`llagan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Jazoni o`tash umumiy rejimdagi koloniyalarda belgilandi. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda apellyasiya va protest keltirilishi mumkin.
04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...01.02.2023, 09:52
Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...