1

Go`sht 49 ming so`m, guruch 6 ming so`m, yog` 16 ming so`m… Bozorlardagi narx-navo e`lon qilindi

Iqtisodiyot 07.01.2023, 10:23
Go`sht 49 ming so`m, guruch 6 ming so`m, yog` 16 ming so`m… Bozorlardagi narx-navo e`lon qilindi

Davlat statistika qo`mitasi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e`lon qildi. 

Qo`mita tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari 2022 yil 5 yanvar holatiga ko`ra quyidagicha:

Suyakli mol go`shti (1 kg) ➖ 49 500 – 80 000 so`m

Qo`y go`shti (1 kg) ➖ 54 000 – 91 000 so`m

Kartoshka (1 kg) ➖ 3300 – 6000 so`m

Piyoz (1 kg) ➖ 3000 – 6000 so`m

Sabzi (1 kg) ➖ 2000 – 5 000 so`m

Tuxum (10 dona) ➖ 11 000 – 18 000 so`m

Guruch (1 kg) ➖ 6000 – 27 000 so`m

O`simlik yog`i (1 l) ➖ 16 000 – 30 000 so`m

Shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 14 000 so`m

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do`konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1