AsosiyJamiyat

Chilonzor tuman hokimi o`rinbosari gaz va "svet"dan muammosi bor fuqarolarni issiq yotoqxonaga taklif qildi

'Chilonzor tuman  hokimi o`rinbosari gaz va "svet"dan muammosi bor fuqarolarni issiq yotoqxonaga taklif qildi'ning rasmi

Chilonzor tuman  hokimi o`rinbosari  Alisher Xatamovning tuman aholisiga murojaat qilib uyi sovuq aholini issiq yotoqxonalarga taklif qildi. 

"Respublikamizda anomal sovuq davom etishi munosabati bilan yotoqxonalarimizda joylar mavjudligini ma`lum qilamiz. Kimda kimning uyida gaz va "svet"da muammo bo`ladigan bo`lsa, uylari sovib ketayotgan bo`lsa, yotoqxonalarimizga joylashishingiz mumkin. Yotoqxonaga joylashgan fuqarolar issiq ovqat bilan ham ta`minlanadi",–deyiladi hokim o`rinbosari murojaatida.   

Shuningdek, Alisher Xatamov murojaatida o`z telefon raqamini ham qoldirganyu.

"Shu munosabat bilan o`zimning  +998983671080 raqamimga murojaat qilishingizni so`rab qolamiz.  Chilonzor tuman hokimligi 24 soat rejimida ishlayapti",– deydi Xatamov.

    Boshqa yangiliklar