Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.
Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni Qarshi shahrida yashagan yigitning jasadi uyiga kelgan. U Toshkent viloyatida muddatli harbiy xizmatni o`tagan. Marhum M.I. 2022 yilning may oyida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan. Yigitning otasi uning borishiga norozi bo`lgan, ammo yigit armiyaga borish orzusi borligini aytib, xizmatga ketgan.
Marhumning yaqinlari yigit xizmatda urib o`ldirilgan bo`lishi mumkinligini aytmoqda. Uning onasiga avvaliga o`g`li o`z joniga qasd qilgani, keyin esa ehtiyotsizlik oqibatida vafot etgani haqida aytishgan. Hodisa haqida "Millar" dasturida xabar berilgach, ayni paytda holat yuzasidan Bosh prokuratura va Mudofaa vazirligi tomonidan munosabat bildirildi.
"Holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda. Natijalari haqida xabar qilinadi", - deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek:
"Holat yuzasidan Qurolli Kuchlar Sud tibbiy ekspertiza markazi mutaxassislari tomonidan tibbiy ekspertiza o`tkazilgan hamda Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda. Tekshirish natijasi haqida qo`shimcha axborot taqdim etiladi", - deyilgan Mudofaa vazirligi matbuot xizmati munosabatida.
01.04.2023, 11:02
Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...28.03.2023, 08:58
27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu...24.03.2023, 19:56
Bahchelievlerda o`zi bilan birga yashagan 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi Umida To`laganovani tosh bilan o`ldirib, jasadini bo`laklab, so`ng muzlatgichga qo`ygan 61 yoshli Riza Beler qo`lga olindi....15.03.2023, 12:05
Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot...