1

Surxondaryoning yana 3 ta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Jamiyat 25.01.2023, 23:28
Surxondaryoning yana 3 ta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bugun viloyatning yana 3 ta tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Choriev O`tkir Abduzoirovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich tasdiqlandi.

Abdumalik Allamurodov 1977 yil 17 aprelda Termiz tumanida tug`ilgan. 1998 yil Termiz davlat universitetini, 2003 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos.

A.Allamurodov 2000-2022 yillarda Adliya, Prokuratura, Ichki ishlar organlari, Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Davlatov Ziyadulla O`roqovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Xalilov Zaynobiddin Jalolitdinovich tasdiqlandi.

Zaynobiddin Xalilov 1973 yil 19 iyunda Sariosiyo tumanida tug`ilgan. 1995 yil Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti, 2006 yil Termiz davlat universitetini tugatgan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi gidrotexnika qurilishi, iqtisodchi.

Z.Xalilov 2006-2022 yillarda monopoliya, qurilish vazirligi, raqobat qo`mitasi, hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Hisob palatasining sho``ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Qiziriq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Pardaev Rustam Ubodullaevich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Rajabov Sherzod Abdimuratovich tasdiqlandi.

Sherzod Rajabov 1984 yil 26 yanvarda Qiziriq tumanida tug`ilgan. 2007 yil Termiz davlat universiteti, 2014 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi iqtisodchi.

Sh.Rajabov 2008-2021 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi, “O`zvinosanoat-xolding” AJ, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2021 yildan buyon Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Surxondaryoning 5 ta va birozdan so`ng yana 4 ta tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1