1

Navoiyda poezd qo`ylar podasini bosib ketdi

Jamiyat 26.01.2023, 20:27
Navoiyda poezd qo`ylar podasini bosib ketdi

24 yanvar kuni Toshkent—Buxoro yo`nalishida harakatlangan “Afrosiyob” poezdi qo`ylar podasini bosib ketdi. “O`zbekiston temir yo`llari” holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Afrosiyob” poezdi “Malikobod” va “Qiziltepa” bekatlari oralig`ida harakatlanayotganda, qo`ylar podasidan bir necha bosh hayvonni urib yuborgan. 1000 ga yaqin qo`y podasi temir yo`lni noto`g`ri joyda kesib o`tib, himoya panjarasini buzib o`tgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamiyat rahbariyati tomonidan mazkur hudud bo`ylab qo`shimcha panjara (ikki qavatli to`siq) o`rnatish to`g`risidagi qaror qabul qilinib, bugungi kunda eski panjaralarni tiklash va qo`shimcha  panjaralarni o`rnatish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o`tkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hayvon egasi qoidalarini buzgani sababli hamda “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatiga etkazilgan zarar uchun ma`muriy jazoga tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1