AsosiyJAMIYAT

O`zbekistonda gurkirab kengaygan biznes: “metan zapravkalar”chilar nega o`z bizneslaridan voz kechishmoqda?

Ijtimoiy tarmoq faollari onlayn platformalarda sotuvga qo`yilgan metan zapravkalar soni bi...

'O`zbekistonda gurkirab kengaygan biznes: “metan zapravkalar”chilar nega o`z bizneslaridan voz kechishmoqda?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq faollari onlayn platformalarda sotuvga qo`yilgan metan zapravkalar soni birdan ko`payib qolganiga e`tibor qaratishmoqda.

Bunga O`zbekistonda havo haroratining keskin sovishi tufayli yuzaga kelgan og`ir energetik inqiroz sabab shu yo`nalishdagi tadbirkorlar ustidan kuchli nazorat o`rnatilganligi sabab bo`lgani aytilmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirov bunga hayron bo`lmaslik kerakligini, oxirgi o`n yilliklarda O`zbekistonda gurkirab kengaygan biznes oxirgi oylarda juda og`ir damlarni boshdan kechirmoqda ekanligini yozadi.

"Rasmiy raqamlarga ko`ra oyiga 200 mln kub, yiliga 2,5 mlrd kub (norasmiy raqamlar yanada ko`proq) gaz sotgan biznes mana qozonni suvga tashlaganiga yaqinda ikki oy bo`ladi. Metan zapravkalarning aksari kreditlarda yo affillangan bizneslar pul oqimi uchun garovlarda ekani hisobga olinsa, tuman istiqbolda yanada quyuqlashadi.

Lekin har qanday biznesda bo`lgani kabi metan zapravkalar ham ushbu krizisni yangi imkoniyatlar uchun chaqiriq deb qabul qilishlari kerak. Transformasiya, ya`ni benzin sotuvi, suyultirilgan gaz sotuvi bilan diversifikasiya yaratsa bo`ladi. Va albatta, kunlar isib, import yo`lga qo`yilib, gaz ta`minoti tiklangan taqdirda ham, resurslar uchun kurash avvalgidek bo`lmasligi hisobga olinishi darkor. Gaz endi qimmatroq to`laganniki bo`ladi”, deya ta`kidladi Otabek Bakirov.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 12 yanvar sanasida O`zbekistondagi barcha "Metan zapravka"lar ya`ni gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to`xtatilgan va 16 yanvardan ular ma`lum bir cheklovlar o`rnatilgan holda ishlashni boshlagan  edi. O`zbekistonda gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar qo`yilishini Energetika vazirligi tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha ob`ektlariga etkazib berish choralari ko`rilayotganligi bilan izohlagan edi. 

Metan zapravka egalaridan birining so`zlariga ko`ra, oxirgi oylarda ish faoliyati odatiy rejimda amalga oshirilmayotganligi sababli jiddiy zarar ko`rilgan va ish faoliyatini tashkil etish uchun olingan qarz mablag`larini qaytarishda muammolar yuzaga kelgan. Bu haqda u Kun.uz bergan intervyusida aytgan.

 

    Boshqa yangiliklar