1

Toshkent tumanidagi “Eshonxo`ja ota” masjidi imom-xatibi yosh qizlarni o`ldirish bilan tahdid qildi

Jamiyat 29.01.2023, 16:12
Toshkent tumanidagi “Eshonxo`ja ota” masjidi imom-xatibi yosh qizlarni o`ldirish bilan tahdid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxo`ja ota” masjidi imom-xatibi Avazxo`ja Bahromovning yosh qizlarga gapirgan, ularni so`kib, qo`pol muomala qilgani yozildan audiolar tarqaldi.

Shu yil 28 yanvar kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi yig`ilishida Avazxo`ja Bahromov masalasi ko`rib chiqildi. Unda imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`lgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari muhokama qilindi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

️Yig`ilishda imom-xatibning mazkur holati imomlik maqomiga mutlaqo to`g`ri kelmasligiga alohida urg`u qaratildi. Ayniqsa, ichki me`yoriy hujjatlarda belgilangan “fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish”, va “o`zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko`rish” degan bandlarning A.Bahromov tomonidan qo`pol ravishda buzilishi deb baholandi. Shuningdek, A.Bahromov arab tili o`quv kurslarida dars berishi to`g`risida O`zbekiston musulmonlari idorasini belgilangan tartibda xabardor etmagani ham alohida qayd etildi.  

Ichki nazorat komissiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxo`ja ota” masjidi imom-xatibi Avazxo`ja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to`g`risida xulosa qildi. Shuningdek, bunday shaxslarga O`zbekiston musulmonlari idorasi tizimida o`rin yo`qligi alohida ta`kidlandi.

"️Ayni kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Avazxo`ja Bahromovning mazkur xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib borayotganini ma`lum qilamiz",–deyiladi xabarda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1