Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida ikki nafar bolaning hotlanchdan zaharlangani haqidagi xabar tarqaldi.
Unda qayd etilishicha, bolalarning bir nafari vafot etgan, bir nafari og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Holatga Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmatiga aniqlik kiritdi.
Darhaqiqat, ikki nafar bola kasalxonaga olib kelingan. Bir nafarining ahvoli og`ir bo`lganligi tufayli vafot etgan, bir nafarining sog`ligi yaxshi. Ammo ularni aynan hotlanchdan zaharlangan deb aytishga erta. Hozirda tibbiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tibbiy ekspertiza xulosasi bilan bunga aniqlik kiritiladi.