O`zbekistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.
Xabarda aytilishicha, O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 29.01.2023 20:06 da (29.01.2023 yil, Grinvich bo`yicha 15:06 da) zilzila sodir bo`ldi.
Episentr: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani.
Zilzila koordinatalari: 39,19 gradus shimoliy kenglik; 67,03 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 296 km janubiy-g`arbda.






