Sal avval Nukus shahrida ikki nafar bola do`konlarda sotiladigan tezpishar lapshadan zaharlangani xabar qilingan edi.
Holat bo`yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o`rganish natijalarini e`lon qildi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 25 yanvar kuni bemor B.B.ning og`zaki ko`rsatmasiga ko`ra, tushlikda ukasi M.A. bilan birga uyiga yaqin joydagi oziq-ovqat do`konidan tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotini sotib olib, tayyorlab iste`mol qilishgan. Lapsha mahsulotini tayyorlash jarayonida mahsulotda aynish belgilari, o`zga yot hid va ta`m sezilmagan.
O`sha kuni 17:00-18:00larda B.B. uyida 1-1,5 yildan buyon saqlanib turgan, nomi va ishlab chiqaruvchisi hamda sotib olgan joyi noma`lum 500 gr.ga yaqin selofan paketda saqlanib turgan, kukin ko`rinishidagi kemiruvchilarga qarshi dori bilan uy atrofi, oshxona va bitta xonaga sepib chiqqan. Kemiruvchilarga qarshi dorini sepish vaqti va sepganidan so`ng xonalarda o`tkir hid sezilgan.
2023 yil 26 yanvar kuni soat M.A. 7:00-8:00larda, B.B soat 9:30-10:00larda qayd qila boshlagan. Belgilar o`tib ketmagandan so`ng tushlik vaqtida tez yordam chaqirilgan. Lekin ota-onasi tomonidan uyda davolanish ma`qul ko`rilgan. M.A. va B.B. qayd qilishga qarshi dorilar qabul qilishgan. O`sha kuni tungi soat 23:00-24:00lar atrofida M.A. va B.B.lar takroriy qayd qila boshlashgan. 27 yanvar kuni soat 6:00-7:00larda “Tez yordam” chaqirib, Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuboriladi. Lekin bemorlarning kasallik belgilari yuqumli kasalliklardan bo`lmaganligi sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog`iston filialiga yuboriladi.
Shifokorlar tomonidan bemorlarga "Fosfororganik birikmalardan o`tkir zaharlanishning og`ir va o`rta og`ir darajasi" birlamchi tashxisi qo`yilgan.
M.A. kelgandagi ahvoli og`ir holatda, reanimasion chora-tadbirlar olib borilishiga qaramasdan bemorda 27 yanvar soat 09:24 da biologik o`lim qayd qilindi. Fuqaro B.B ning ahvoli qoniqarli bo`lib, sog`ligi shifokorlar nazoratiga olingan.
Yuqoridagi holat bo`yicha takroriy murojaatlar bo`lmagan va profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.