⚡️"O`zgidromet" 3 ta viloyatda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi haqida tezkor axborot e`lon qildi

Jamiyat 31.01.2023, 10:01
⚡️"O`zgidromet" 3 ta viloyatda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi haqida tezkor axborot e`lon qildi

"O`zgidromet" tezkor axborot e`lon qildi. Unga ko`ra, 1-3 fevral kunlari respublikaning 9 viloyatning tog` va tog` oldi hududlarida sel xavfi e`lon qilinmoqda. 

Qayd etilishicha, 31 yanvar va 1-2 fevral kunlariO`zbekiston hududiga O`rta er dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

31 yanvar va 1-2 fevralda respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik, asosan yomg`ir ko`rinishida bo`ladi, shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuchli bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, kecha, 30 yanvar kuni Bosh vazir ishtirokida yig`ilish o`tkazilib, O`zbekistonda suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi sabab, Prezident topshirig`iga asosan doimiy shtab tashkil etildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1