AsosiySiyosat

Dushanbeda O`zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkasiyasi muhokama qilindi

'Dushanbeda O`zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkasiyasi muhokama qilindi'ning rasmi

23-30 yanvar kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston-O`zbekiston qo`shma demarkasiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Hukumat portali xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, O`zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkasiya chizig`idan o`tkazish masalalari, shuningdek, demarkasiya xaritalarini yaratishning texnologik jarayoni muhokama qilindi.

Muzokaralar doirasida O`zbekiston-Tojikiston va davlat chegaralarining alohida uchastkalarida dala o`rganish ham o`tkazildi.

Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv O`zbekiston hududida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar