1

AQShga qarshi o`yinga terma jamoamiz Denis Istominsiz chiqadi

Sport 02.02.2023, 13:46
AQShga qarshi o`yinga terma jamoamiz Denis Istominsiz chiqadi

3-4 fevral kunlari Toshkent shahrida tennis bo`yicha Devis kubogi saralash bosqichi doirasidan o`rin olgan O`zbekiston va AQSh terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

Bugun bellashuvlardan oldin matbuot anjumani va qur`a tashlash marosimi o`tkazildi.

Bo`lajak uchrashuvda tajribali Denis Istomin qatnashmasligi ma`lum qilindi. Qur`a natijasiga ko`ra, juftliklar quyidagicha shakllandi:

3 fevral:

Sergey Fomin – Makkenzi Makdonald

Humoyun Sultonov – Tommi Paul

4 fevral:

Sanjar Fayziev / Sergey Fomin – Ostin Kraychek / Rajiv Ram

Sergey Fomin – Tommi Paul

Humoyun Sultonov – Makkenzi Makdonald

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1