AsosiyJamiyat

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 2 fevral kuni Mirobod tumani Tolimarjon ko`chasida 2000 yilda tug`ilgan K.Yu. boshqaruvida bo`lgan “Labo” rusumli transport vositasi hamda 2003 yilda tug`ilgan U.M. boshqaruvida bo`lgan “Matiz” rusumli avtomashinalar ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hodisaning dastlabki sababi: “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega bo`lgan “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisiga yo`l bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan.
Zarba natijasida “Matiz” rusumli avtomashina boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetida to`xtab turgan 1988 yilda tug`ilgan A.K.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashina bilan to`qnashib ketgan.

Qayd etilishicha, to`qnashuv oqibatida “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar