Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo`limining rasmiy veb-sahifasida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo`yicha ilg`or tajribalarga ega davlatlarning ushbu sohada O`zbekiston Respulikasi 2022 yil yakuniga ko`ra, 87 ta eng ilg`or tajribalarga ega davlatlar qatoridan joy oldi.
BMT saytida mamalakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni kuzatib borish va jamoatchilikni xabardor qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida ma`lumot e`lon qilindi.
2019 yilda BMT Taraqqiyot dasturining texnik ko`magi bilan O`zbekiston Respublikasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari ko`rsatkichlari bo`yicha nsdg.stat.uz veb-sayti ishlab chiqilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan veb-sayt o`zbek, rus va ingliz tillarida yuritiladi.
BMT saytida keltirilishicha, Statistika agentligi tomonidan 2018, 2019, 2020 va 2021 yillarga mo`ljallangan “O`zbekiston Respublikasida Milliy BRMlarga erishish bo`yicha statistik ko`rsatkichlar to`plamlari” o`zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan va nashr etilgan.
O`zbekistonda milliy BRM monitoring tizimi uchun 190 ta indikator dolzarb deb tan olingan.
Bugungi kunda Statistika agentligi tomonidan yuritiladigan milliy BRM veb saytidida 128 ta milliy BRM ko`rsatkichlari, 60 ta ko`rsatkich esa, “Tracker” BRM boshqaruv panelida joylashtirilgan






