1

⚡️ O`zbekistonda 9 fevraldan havo soviydi, harorat -15 darajagacha pasayadi

Jamiyat 06.02.2023, 12:48
⚡️ O`zbekistonda 9 fevraldan havo soviydi, harorat -15 darajagacha pasayadi

"O`zgidromet" joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Qayd etilishicha, bugun va ertaga O`zbekiston hududi iliq havo massasi ta`siri ostida bo`ladi.

Respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 fevralda respublika janubida, 7 fevralda Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati 6 fevralda 7-12 daraja iliq, 7 fevralda 10-15 daraja iliq, ba`zi joylarda 18 daraja iliqgacha bo`ladi.

8 fevralda O`zbekiston hududiga O`rta er dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida, ba`zi joylarda 17-20 daraja iliqgacha bo`ladi.

9-10 fevralda O`zbekiston hududiga markazi Rossiyaning Evropa qismi ustida shakllangan sovuq antisiklon qismi kirib keladi. Respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi. Tog`oldi va tog`li hududlarda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi mumkin. Havo harorati pasayadi. 9 fevralda respublika hududining katta qismida kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq, 10 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`ladi. Respublika shimolida harorat kechasi 7-12 daraja sovuqgacha, Ustyurtda 15 daraja sovuqgacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqgacha pasayadi. 7-9 fevralya respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1