1

Nukus voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud majlisi bo`lib o`tdi. Ular qilgan jinoyatlari haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 06.02.2023, 22:49
Nukus voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud majlisi bo`lib o`tdi. Ular qilgan jinoyatlari haqida ma`lumot berildi

2023 yil 31 yanvar kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e`lon qilingani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so`ng, Nukus voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud jarayoni 6 fevralda boshlanishi aytilgan edi.

Bugungi sud majlisida o`qib eshittirilgan ayblov xulosasining qisqacha mazmuniga ko`ra, 39 nafar sudlanuvchilar quyidagilarni sodir etganlikda ayblanmoqda:

A. Mirzambetov 2022 yil 2 iyul kuni Chimboy tumanida to`plangan odamlarga ovoz kuchaytirish moslamalari orqali D. Tajimuratov lider ekanligi, uni ozod qilish va Qoraqalpog`istonga bosh etish lozimligini ma`lum qilib, ommaviy tartibsizliklarga da`vat qilgan;

D. Nadirbaev 2022 yil 2 iyul kuni Taxtako`pir tumanida odamlarni to`plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga etakchilik qilgan;

P. Esengeldiev 2022 yil 2 iyul kuni Qo`ng`irot tumanida odamlarni to`plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga etakchilik qilgan;

K. Eshjanov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko`l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to`xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;

M. Pirlepesov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko`l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to`xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;

A. Sariev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus tumanida odamlarni to`plab, ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, ularga etakchilik qilgan;

N. Bauetdinov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko`l tumanida odamlarni to`plab, ommaviy tartibsizlikda etakchilik qilgan;

A. Sharapov 2022 yil 1-2 iyul kunlari Qorao`zak tumanidan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularda faol ishtirok etgan;

O. Mamutov 2022 yil 2 iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda etakchilik qilgan;

R. Dosmbetov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazgan;

A. Allanazarov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag`is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

N. Duysenbaev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag`is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

K. Bekpolatov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazgan;

R. Baimbetov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazgan;

Q. Baxiev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazgan;

I. Saparov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazgan;

A. Omirzakov Nukus shahrining 21-kichik tumani Beruniy ko`chasida jamoat tartibini saqlayotgan ichki ishlar organi xodimlariga tan-jarohati etkazib, birining cho`ntagida bo`lgan “SAMSUNG GALAXY A1” rusumli mobil telefon apparatini tortib olgan;

N. Baylepesov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag`is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

A. Jumabekov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag`is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari etkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

N. Xabipov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga jarohatlari etkazgan;

Z. Pirjanov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga jarohatlari etkazgan;

Z. Tadjimuratov 2022 yil 1 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan himoya qilib, ularga tan jarohatlari etkazgan;

O. Dosnazarov 2022 yil 27 iyun kuni Nukus shahridagi “Toshkent” mehmonxonasida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilishi ko`zda tutilayotgan o`zgartirishlarni bo`yicha e`tirozlari yuzasidan advokatlar yig`ilishini o`tkazgan hamda D. Tajimuratov 2022 yil 1 iyul kuni ushlangan vaqtida ommaviy tartibsizlik ishtirokchilarini 2-sonli tergov hibsxonasiga to`plab, D. Tajimuratovni qo`yib yuborilishini talab qilishga etakchilik qilgan;

T. Ismailov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda odamlarni Jo`qorg`i Kenges va Nukus xalqaro aeroportini bosib olishga da`vat qilib, tartibsizliklarda faol ishtirok etgan;

I. Polatov uning yordamchisi sifatida faoliyat ko`rsatib kelib, 2022 yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etib, separatizm g`oyalari bilan yo`g`rilgan videomateriallarni joylashtirib kelgan;

Sh. Ashirbekov “Tajimuratov Dauletmurat” YouTube-kanaliga ma`murlik qilib, separatizm g`oyalari bilan yo`g`rilgan videomateriallarni joylashtirib kelgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

D. Ramanov D. Tajimuratovga yordamchi sifatida faoliyat ko`rsatib kelib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol yordam bergan va separatizm g`oyalari bilan yo`g`rilgan videomateriallarni tarqatgan;

R. Sultaniyazov 2022 yil 1-2 iyul kunlari odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, faol ishtirok etgan;

A. Xojanazarov “El xzmetinde” gazetasi bosh muharriri bo`lib, separatizm g`oyalari bilan yo`g`rilgan maqolalar chop etgan hamda D. Tajimuratovning topshirig`iga asosan fuqarolardan konstitusiyaga kiritilishi ko`zda tutilayotgan o`zgartirishlar bo`yicha takliflarni yig`ib, axborot berib borgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

E. Qanaatov separatizm g`oyalari bilan yo`g`rilgan maqolalarni tayyorlab, ularni chop etgan, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

O. Kurbanov ommaviy tartibsizliklarga da`vat qiluvchi videomateriallarni joylashtirib, 2022 yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etgan;

R. Jumabaev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga to`sqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yo`llarni to`sgan;

A. Naurzbaev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi Beruniy va A. Dosnazarov ko`chalari chorrahasida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga to`sqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yo`llarni to`sgan;

N. Genjebaev 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko`l tumanida ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, avtoshina yoqib, tuman hokimligi binosiga uloqtirgan;

I. Aitmuratov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda To`rtko`l guzari ko`prigida “molotov kokteyli”dan foydalanib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyatiga qarshilik qilgan;

A. Esemuratov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini o`zboshimchalik bilan u erdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib o`tishga harakat qilgan;

K. Begaliev 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini o`zboshimchalik bilan u erdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib o`tishga harakat qilgan;

M. Raxmanov 2022 yil 1 iyul kuni D. Tajimuratov huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlangan vaqtida uyiga odamlarni to`plab, sektor rahbarlaridan uni qo`yib yuborishlarini talab qilgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

A. Seytmuratov 2022 yil 1 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni qo`llab-quvvatlab, Jo`qorg`i Kenges raisi avtomashinasi ustida agressiv harakatlar sodir etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1