1

Qozog`istonda ikki yashar bola 11 ta magnit yutib yubordi

Jamiyat 06.02.2023, 23:51
Qozog`istonda ikki yashar bola 11 ta magnit yutib yubordi

Qozog`istonning Qarag`anda shahrida ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Shifokorlar ikki yoshli bolaning qorin bo`shlig`idan 11 dona magnit olib tashladi. Bola 4 fevral kuni shoshilinch ravishda viloyat bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning qornida qattiq og`riq qayd etilgan va qayta-qayta qayt qilgan. Qorin bo`shlig`i organlarining rentgenografiyasi bolada noma`lum jism mavjudligini ko`rsatdi.

“Shoshilinch ravishda murakkab operasiya o`tkazildi, ichak shikastlanishi aniqlandi. Bolaning oshqozon-ichak traktidan bolalar o`yinchog`ining 11 dona miqdorida magnit qismlari ajratib olindi. Aynan ular ichakni shikastlagan va bir-biriga yopishib qolgan”, — dedi viloyat bolalar klinik shifoxonasi jarrohlik xizmati direktori o`rinbosari Janat Eluboev.

Hozir bola reanimasiya bo`limida. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1