1

Shavkat Mirziyoev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo`yicha qarorni imzoladi

Jamiyat 07.02.2023, 20:58
Shavkat Mirziyoev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo`yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo`yicha qarorni imzoladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Qarorga ko`ra, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2023 yilning mart—aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. 

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo`lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.

Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2023 yilning mart aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rezerviga bo`shatiladi. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov zimmasiga yuklanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1