AsosiyJamiyat

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi

'Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

Cog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Mirazimov Doniyor Batirovich Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari nomzodi D. Mirazimov professional faoliyatini aynan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. Shundan keyin ushbu muassasada shifokor-neyroxirurg, bosh shifokor bo`lib ishlagan.

Bundan tashqari, D. Mirazimov Sog`liqni saqlash vazirligida bosh boshqarma boshlig`i, Vazirlar Mahkamasida sho``ba mudiri kabi mas`ul lavozimlarda faoliyat ko`rsatgan.

U 2020 yildan beri 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar