AsosiySport
4808

La Liga. "Real" kuchsiz jamoani mag`lubiyatga uchrata olmadi

Ispaniya chempionati 6-turida "Real Madrid" jamoasi safarda "Las-Palmas" mehmoni bo`ldi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. 

Madridliklar safida Marko Asensio va Karim Benzema gol kiritgan bo`lsa, mezbonlardan Dominges va Arauxo bittadan gol bilan javob qaytarishdi. "Real" ochko yo`qotganiga qaramay 14 ochko bilan birinchi o`rinda qolmoqda. "Barselona" 13 ochko bilan ikkinchi pog`onada bormoqda. 

Eslatib o`tamiz, mazkur turda "Real"ning azaliy raqibi "Barselona" safarda "Sporting Xixon" jamoasi bilan bahs yuritib, 5:0 hisobida zafar quchdi. 

"Las-Palmas" – "Real Madrid" 2:2 

Gollar: 0:1 – 33 Asensio, 1:1 – 38 Dominges, 1:2 – 67 Benzema, 2:2 – 85 Arauxo.

"Las-Palmas" – Varas, Masedo, Garsiya Santana, Artiles, Kastelyano, Gomes, Mesa, Momo (Arauxo, 68), Viera (El-Jar, 56), Dominges, Livaya (Lemos, 88).

"Real Madrid" – Kasilya, Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho, Modrich, Kroos, Asensio (Benzema, 64), Beyl, Morata (Isko, 80), Ronaldu (Vaskes, 72).

Ogohlantirishlar: Mesa (23), Garsiya Santana (54), Kroos (58), Karvaxal (77), Dominges (90).

Boshqa yangiliklar