Ekvatorial Gvineyadan so`ng Kamerun sog`liqni saqlash idoralari Marburg virusiga shubha qilingan ikki holatni tasdiqladi, deya xabar beradi Reuters agentligi.
Kamerundagi ikkala holat ham virus ilk bor aniqlangan Ekvatorial Gvineya bilan chegara yaqinida qayd etilgan.
Kasallanganlarning hech biri mamlakat chegarasini kesib o`tmagan. Kamerun sog`liqni saqlash rasmiylari endi ular bilan aloqada bo`lganlarning barchasini kuzatishga harakat qilmoqdalar.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) virus tarqalishini to`xtatish maqsadida Ekvatorial Gvineyaning sharqiy qismiga qo`shimcha qidiruv guruhlarini yubordi.
Ekvatorial Gvineyada Marburg virusidan to`qqiz kishi vafot etgani taxmin qilinmoqda, bu erda virusning yana 16 holati qayd etilgan.
Kamerunning janubiy chegarasi atrofida harakat cheklovlari allaqachon joriy etilgan.
17.02.2023 07:56
Kamerunda ham Marburg virusiga shubha qilingan ikki holat aniqlandi
