O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga
Hurmatli Prezident janoblari!
Mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ko`rsatayotgan etakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
O`zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o`zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizasiya va isloh qilish borasidagi sa`y-harakatlaringizni qo`llab-quvvatlash AQSh uchun ustuvor ahamiyatga ega.
AQSh va O`zbekiston o`rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023 yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman.
Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qo`shni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e`tibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman.
Bu sa`y-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni ta`minlashga katta hissa qo`shmoqda.
Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi.
Ishonchim komilki, ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligimiz o`zaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Hurmat bilan,
Jo Bayden
17.02.2023 20:02
AQSh Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo`lladi
