“Azimut” aviakompaniyasining Samarqand — Ufa yo`nalishi bo`ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko`ra ”Samarqand” xalqaro aeroportiga qaytdi. Bu haqda “Uzbekistan airports” xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da bortida 87 yo`lovchi bo`lgan AZO7040 reysi uchish aeroportiga kelib qo`ngan.
“Ayni damda yo`lovchilar Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.






