AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoevning Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi

'Shavkat Mirziyoevning Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Tashrifning birinchi kunida davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev bilan uchrashuv o`tkazdi.

Bugun Boku shahrida Qo`shilmaslik harakatining sammiti bo`lib o`tdi. Unda Prezidentimiz nutq so`zlab, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tadbir doirasida ishtirokchilar bilan muloqot qildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Ozarbayjon xalqining umummilliy etakchisi Haydar Aliev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakuniga etgach, Haydar Aliev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi. Prezidentimiz Toshkent shahriga jo`nab ketdi.

    Boshqa yangiliklar