1

Moskvadagi muzeyda Buxoro yahudiylari haqida ko`rgazma ochildi

Madaniyat 04.03.2023, 19:13
Moskvadagi muzeyda Buxoro yahudiylari haqida ko`rgazma ochildi

Ekspozisiyada Markaziy Osiyoga ekspedisiyalar chog`ida to`plangan, turli muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan olingan kiyim-kechak, kundalik turmush va madaniyat buyumlari namoyish etildi.

Muzeyning markaziy foyesida va chap galereyadan 200 ga yaqin eksponatlar — san`at va maishiy buyumlar, hunarmandchilik va marosim buyumlari, tumorlar, noyob tarixiy hujjatlar hamda fotosuratlar joy olgan.

Ekspozisiya markazida XIX–XX boshlarida Samarqand va Buxorodagi an`anaviy yahudiy uylarining turli bezak elementlarini o`zida jamlagan buxor-yahudiy oilasining turarjoyi haqida hikoya qiluvchi maxsus installyasiya tashkil etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1