1

O`zbekistonda fevral oyida soliq tushumlari 13 trln so`mdan ortdi

Iqtisodiyot 09.03.2023, 09:21
O`zbekistonda fevral oyida soliq tushumlari 13 trln so`mdan ortdi

2023 yil fevral oyida soliq organlari tomonidan 13,4 trln so`m soliq tushumlari ta`minlandi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Soliq turlari kesimida:

-Foyda solig`idan 3,9 trln so`m (28,9%);

-QQSdan 2,8 trln so`m (20,8%);

-JShODSdan 2,3 trln so`m (17,1%);

-Er qa`ridan foydalanganlik uchun soliq 1,2 trln so`m (9%);

-Aksiz solig`idan 1,2 trln so`m (8,7 %)ni tashkil etdi.

Tushumlar tahlil qilinganda 2023 yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o`sishga erishilgan.

Jumladan, foyda solig`i 1,5 trln so`m, JShODS 407,2 mlrd so`m, AOS 140,7 mlrd so`m, mol-mulk solig`i 140,2 mlrd so`m, er solig`i 100 mlrd so`m, aksiz solig`i 86 mlrd so`m, er qa`ridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd so`mga o`sgan.

2023 yil yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln so`mdan oshdi.

Ma`lumot uchun, 01.01.2023 yildan QQS stavkasi 12%, yanvar oyi uchun fevral oyida soliq to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1