AsosiyJamiyat

Aktrisa Luiza Rasulova onasi bilan birga kaltaklandi. IIBB voqea tafsilotlarini ma`lum kildi (video)

'Aktrisa Luiza Rasulova onasi bilan birga kaltaklandi. IIBB voqea tafsilotlarini ma`lum kildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Luiza Rasulova va uning onasini kaltaklashgani tarqaldi.

Holat yuzasidan IIBB quyidagilarni ma`lum qildi:

Joriy yilning 9 mart kuni taxminan soat 15.00 larda Chilonzor tumani, Chilonzor-6 dahasidagi ko`p qavatli uylardan birining uyboshisi 1959 yilda tug`ilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu ko`p qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan o`quv muassasasi rahbari 1971 yilda tug`ilgan B.Ch. bilan o`zaro nizo kelib chiqqan. Nizoning sababi A.R. ko`p qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qo`yib, ikkinchi qavatda joylashgan o`quv muassasasiga kelgan o`quvchilarni kirishiga to`sqinlik qilgan. Shu orada B.Ch. fuqaro A.R. ni qo`lidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova erga yiqilgan.

L.Rasulova va uning onasiga tibbiy yordam ko`rsatilishi uchun shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi ma`lumotga ko`ra, A.R.da “ensa sohasi yumshoq to`qimalarini lat eyishi”, L.Rasulovada “o`ng bilak va o`ng tizza sohasi yumshoq to`qimalari lat eyishi” jarohatlari borligi aniqlangan. 
Fuqaro B.Ch. profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar