1. Ko`zoynak. Har kuni o`zingiz uchun yaratilgan obrazni yanayam zamonaviy ko`rsatish uchun ko`zoynaklarsiz ko`chaga chiqmang.
2. Jinsi shim. Agar bir necha hil jinsi shimlar sotib olishga ilojingiz bo`lmasa bir dona to`q ko`k yoki qora jinsi, albatta, garderobingizda bo`lsin. Bu turdagi shim barcha kiyimlaringizga mos keladi.
3. Aksesuarlar. Har bir ayol garderobida bir necha hil sumkalar bo`lishi kerak. Hatto, juda oddiy kiyingan bo`lsangiz ham qo`lingizda yorqin rangdagi sumka bo`lsin.
4. Baletkalar. Hozirgi paytga kelib, baland poshnali tuflilar o`rnini oddiy va qulay baletkalar egallamoqda. Baletkalarni hatto to`y ko`ylaklari bilan ham moslashtirib kiyishmoqda. Faqat baland poshnali tuflilargina ayolni dilbar ko`rsatadi, degan gaplarga ishonmang.
5. Har doim vaziyatga qarab kiyining.
6. Me`yorni aslo unutmang. Agar kaltaroq yubka kiysangiz, albatta, englari uzun kofta tanlang.
7. Qora va oq ranglar uyg`unligi sizni bir vaqtning o`zida jiddiy, savlatli va maftunkor qilib ko`rsatadi.
8. Minimalizm. Kam taqinchoqlar taqsangiz oddiy, ko`rimsiz bo`lib qolaman, deb o`ylamang. Bor-yo`g`i bitta kamar ham sizni juda bashang va orasta ko`rsatishi mumkin.