1

Imtiyozli dorilar kimlarga beriladi?

Savol-javob 03.10.2016, 09:54
Teglar: Savol-javob
Imtiyozli dorilar kimlarga beriladi?

O`tgan haftada ijtimoiy tarmoq va ayrim internet saytlarida qandli diabet kasalligini davolashda ishlatiladigan va bu turdagi xastalik bilan og`rigan bemorlarga imtiyoz asosida tarqatiladigan insulin preparatining tortilganligiga oid ma`lumotlar paydo bo`ldi. Bu holatga oydinlik kiritish maqsadida biz “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga murojaat qildik. Xo`sh, aslida imtiyoz asosida dori vositalarining tarqatilishi qanday yo`lga qo`yilgan, xususan insulin etkazib berilishida uzilishlar yuzaga kelgani nechog`li asosli? 

IMTIYoZLI TA`MINLASh TARTIBIGA KO`RA...
A.KAMILOV, “Dori-darmon” AK tijorat bo`limi direktori:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi 204-sonli "Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta`minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 204-sonli qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlanish huquqiga ega bo`lgan shaxslar toifalari ro`yxati va ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlash tartibi tasdiqlangan.

Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlanish huquqiga ega bo`lgan shaxslar toifalari ro`yxatiga shaxslarning 13 toifasi, shu jumladan, endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar kiritilgan.

DORILAR QAERDAN BERILADI?
— Ambulatoriyada davolanishda “Shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlash tartibi”ga muvofiq, ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlash dori vositalarini ambulatoriya- poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixona muassasalari orqali berish yo`li bilan amalga oshiriladi.

BEPUL, BIROQ VRACh KO`RSATMASIGA BINOAN...
Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish, bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida dori davolovchi vrachlarning tayinlashi bo`yicha bepul beriladi.

Dorixona muassasalari tomonidan bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bemor ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli berish resepti asosida bepul beriladi.

BIZDA “INSULIN” ETARLI...
—  Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta`minlash uchun mo`ljallangan dori vositalari ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.

Shunga ko`ra, Kompaniya insulin dori vositalarini etkazib berishda uzilishlar yuzaga kelgani haqida ma`lumotga ega emas. "Dori- Darmon" AK tarkibiga kiruvchi dorixonalarda Qandli diabet kasalligiga qarshi ko`llaniladigan insulin dori vositasi etarlicha mavjud.

AGAR SIZDA MUAMMO BO`LSA...

Fuqarolar oilaviy poliklinikalar va dorixonalar tomonidan dorilar bilan imtiyozli ta`minlash jarayonida biror muammo va tusiqlarga duch kelsalar, shuningdek bu borada qo`shimcha ma`lumotlar kerak bo`lsa:

•  Sog`liqni saqlash vazirligining (+998 71) 239-47-95;
•  “Dori-darmon” AKning (+998 71)120-16-61 ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin.

 
MA`LUMOT UChUN
«Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlanish huquqiga ega bo`lgan shaxslar toifalari ro`yxati»ga: 

•  Onkologik kasalliklar;
•  sil kasalliklari;
•   moxov;
•   endokrinologik (qandli va qandsiz diabet) kasalliklar;
•   ruhiy xastalikka chalinganlar;
•   OIV kasalligini yuqtirgan bemorlar;
•   o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz pensionerlar;
•   yurak klapanini protezlash va organlarni ko`chirish yuzasidan operasiya qilinganlar;
•   1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
•  1941 — 1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
•   baynalmilalchi jangchilar;
•   Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogiron shaxslar;
•   harbiy xizmatni yadro poligonlarida va bosh¬qa radiasiya-yadro ob`ektlarida o`tagan pensiya yoshidagi shaxslar kiradi.

Farida EGAMBERDIEVA tayyorladi

Sharhlar

​“Qarindoshlarim uchun chegaradan nima olib o`tsam bo`ladi?”

28.06.2017, 15:30

Qozog`istonning Turkiston shahrida ukam yashaydi. Har ikki-uch oyda ularni ko`rgani borganimda asal, yong`oq, magiz kabi eguliklar olib boraman, qaytishda ukamham choy, shirinliklar berib yuboradi. Lekin...
​Ishlasa-da, pensiyani kimlar 100 foiz oladi?

23.05.2017, 14:45

Nafaqadagi harbiy xizmatchiman. Shu vaqtgacha nafaqadagi harbiy xizmatchilar davlat ishxonalarida ishlasa, pensiyaning 50 foizi to`lanardi. Endi ayrim sohalarda ishlaydigan pensionerlarning pensiyasi 100 foiz to`lanishi haqida...
​Ish haqidan kommunal to`lov uchun ushlab qolish mumkinmi?

23.05.2017, 14:41

Qizim bolalar muruvvat uyida hamshira bo`lib ishlaydi. Biz kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lab boramiz. Qarzdorlik bo`lmasa-da, qizimning ish haqidan kommunal to`lovlarga deb har safar 10...
​Teridagi hollar: 5 savolga-javob

10.05.2017, 11:54

Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1