AsosiyDunyo

Tramp hibsga olinishi kutilmoqda

'Tramp hibsga olinishi kutilmoqda'ning rasmi

Bugun, 18 mart kuni AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Manxetten okrugi prokurori tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida keyingi hafta hibsga olinishini kutayotganini aytdi va aholini norozilik bildirishga chaqirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Respublikachilardan etakchi nomzod va AQShning sobiq prezidenti kelasi hafta , 21 mart kuni hibsga olinadi. Norozilik bildiring, millatimizni qaytarib oling”, deb yozgan Tramp ijtimoiy tarmoqda.

Tramp nima uchun hibsga olinishini kutayotgani haqida hech qanday ma`lumot bermagan bo`lsada, uning yuridik jamoasi bu tez orada sodir bo`lishini taxmin qilib, keyingi qadamlarga parda ortida tayyorgarlik ko`rishni boshlagan. Sobiq prezident rasmiy ayblovlardan so`ng o`zini Manxettenda ko`rinish berib, nutq so`zlashi kutilmoqda. 

Trampga yaqin manbalarga ko`ra, sobiq prezident Manxetten okrugi prokurori Alvin Bragg uni yomon ko`rgani uchun unga qarshi ish ochayotganidan shikoyat qilgan.

Trampning ba`zi maslahatchilari uni Manxetten ko`chalarida 2021 yil 6 yanvardagi AQSh Kongressiga qilingan hujumga o`xshash ommaviy norozilik namoyishi avj olishidan xavotirlanib, undan bunday chaqiriqlar qilmaslikni so`ragan. 

Manbaga ko`ra, hafta davomida Nyu-Yorkda shahar, shtat va federal huquqni muhofaza qilish idoralari o`rtasida Trampga qarshi ehtimoliy ayblovga qanday tayyorgarlik ko`rish bo`yicha uchrashuvlar bo`lib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar