1

Qashqadaryoda ta`magirlik qilgan ginekolog va doya ishdan olindi (video)

Jamiyat 19.03.2023, 10:28
Qashqadaryoda ta`magirlik qilgan ginekolog va doya ishdan olindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tibbiyot birlashmasi shifokorining ta`magirlik qilayotgani aks etgan videolavha e`lon qilindi.  

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilagan.

Xususan, tug`uruq bo`limi akusher-ginekologi X.G. va doya N.N. ishdan bo`shatilib, to`plangan dastlabki hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etildi.  

Ayni paytda vazirlik va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o`rganish ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.  

 

❗️Eslatib o`tamiz, vazirlik tizimda korrupsiyaning har qanday ko`rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo`ladi va bu boradagi hech bir murojaatni e`tibordan chetda qoldirmaydi.

 

📲 Jumladan, Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning (+998-91) 403-17-73 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilinmoqda.

 

☎️ Qolaversa, vazirlik qoshida kunu tun "1003" qisqa raqamli “Sall-markaz”, Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog`liqni saqlash Bosh boshqarmasi va viloyatlar boshqarmalari qoshida "1103" qisqa raqamli “Sall-markaz”lar ishlab turibdi.

 

Sog`liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1