Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o`zgarganligi sababli yo`llarda ko`rinish cheklanib, ayrim hududlarda kuchli yomg`ir yog`ishi kuzatilmoqda. Ichki ishlar vazirligi YHXX aholiga murojaat qildi.
Barcha haydovchilardan:
- tezlik me`yoriga rioya qilgan holda;
- oraliq masofani saqlab;
- gaz yoki tormoz tepkisini keskin bosmasdan;
- ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so`raladi xabarda.
“Jiddiy zarurat bo`lmasa, uzoq yo`l safariga chiqmasligingizni tavsiya qilamiz. Piyodalardan esa, belgilanmagan joylardan yo`lni kesib o`tmasliklarini so`raymiz”, deyiladi YHXX xabarida.