“Aytingchi, qanday hollarda O`zbekiston fuqaroligi bekor qilinadi?”
Dildora Sobitova, Samarqand viloyati
"O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida"gi Qonunning 21-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari yangi tahrirda keltirildi va unga ko`ra O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo`qotish holatlari belgilab berildi. Xususan:
1) shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, polisiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
2) agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo`lsa;
3) agar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg`onligi shak-shubhasiz ma`lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo`lsa;
4) agar shaxs chet davlat foydasini ko`zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan bo`lsa;
5) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo`lsa.
Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida o`ttiz kun ichida O`zbekiston Respublikasining ichki ishlar idoralariga yoki chet eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart
“Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqariladigan 40-sonida qonun hujjatlariga kiritilgan muhim o`zgartirishlar bilan tanishishingiz mumkin.