1

Turkiya hech qanday urushda qatnashmaydi — Erdog`an

Dunyo 23.03.2023, 10:01
Turkiya hech qanday urushda qatnashmaydi — Erdog`an

Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo`shilmagan va hozirda ziddiyatni hal qilish uchun turli tinch tashabbuslar bilan chiqmoqda.

Prezident Rejep Toyyip Erdog`an Turkiya xalqiga murojaat bilan chiqib, turk xalqi doimo tinchlik tarafdori ekanligini ma`lum qildi.

“Xalqimga murojaat qilmoqchiman: Turkiya hech qanday urushda qatnashmaydi, u doimo tinchlik tarafdori va tinchlik himoyachisi bo`ladi. Hozir Rossiya va Ukraina bilan bog`liq vaziyatda ham shunday qilyapti”, — deydi Erdog`an.

Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo`shilmagan va hozirda ziddiyatni hal qilish uchun turli tinch tashabbuslar bilan chiqmoqda.

Bundan tashqari Erdog`an Turkiyada Rossiya Federasiyasi va Ukraina rahbarlari o`rtasida muzokaralar tashkil etishga intilayotganini bir necha bor ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 mayga belgilangan. Unda amaldagi prezident Rejep Toyyip o`z nomzodini ilgari surgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1