AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya Yaponiya dengiziga qanotli raketa uchirdi

'Shimoliy Koreya Yaponiya dengiziga qanotli raketa uchirdi'ning rasmi

22 avgust kuni Shimoliy Koreya Janubiy Hamgyong provinsiyasining Xunnam sohillari yaqinidagi hududdan Sharqiy dengizga qanotli raketa uchirdi.

Sal avval 16 mart kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgan, u taxminan 1000 kilometr uchib o`tib, Xokkaydodagi Oshima yarim orolidan 200 kilometr uzoqlikda qulab tushdi. Tokio Pxenyanning harakatlariga keskin norozilik bildirdi.

Yaponiya Mudofaa vazirligi KXDR raketasining uchirilishi navigasiya va havo harakati qoidalarini buzishga olib kelmagani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, departament Pxenyanning bunday harakatlari ham Yaponiya, ham butun mintaqa tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotganini ta`kidladi.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashining o`nta davlati KXDRning raketa uchirilishini qoralagani xabar qilingandi. Rossiya va Xitoy ularga qo`shilmadi. AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild Pxenyanning xatti-harakatlari beparvo va xavfli ekanligini, shuningdek, butun dunyoda yadro qurolini tarqatmaslikka putur etkazishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar