Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko`ra, Er yuzida vabo kasalligining tarqalish xavfi juda yuqori. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“2023 yil 11 fevraldan global vaziyat yomonlashmoqda. Epidemiya qayd etilgan mamlakatlar soni yana 4 taga ko`payib, jami 24 taga etdi”, — deyiladi JSST hujjatida.
Vabodan jabr ko`rgan davlatlarning aksariyati Afrika va Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan. Mutaxassislar mart oyida kuzatiladigan "Freddi" tropik sikloni tufayli endi Malavi va Mozambikda vaziyat yomonlashishi mumkinligidan xavotirda.
O`z navbatida, xalqaro ekspertlar vaboga chalinganlar o`rtasida o`lim darajasi sezilarli darajada ortganini ma`lum qildi.