AsosiyJamiyat

1 apreldan 130 million dollar mablag` banklar ishtirokisiz, to`g`ridan-to`g`ri tadbirkorlarga ajratiladi

'1 apreldan 130 million dollar mablag` banklar ishtirokisiz, to`g`ridan-to`g`ri tadbirkorlarga ajratiladi'ning rasmi

1 apreldan 130 million dollar mablag` banklar ishtirokisiz, to`g`ridan-to`g`ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bu haqda Prezident raisligida o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi.

Oziq-ovqat etishtirishni ko`paytirish uchun shu yilning o`zida 6,2 trillion so`m yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi.

 Jumladan:

  •  Qishloq xo`jaligi jamg`armasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablag`lari uchun 700 milliard so`m ajratiladi;

 

  •  aholiga berilgan erlarda ko`chat, urug`, o`g`it va texnika etkazib berish uchun jami 500 milliard so`m beriladi.

 

1 apreldan 130 million dollar mablag` banklar ishtirokisiz, to`g`ridan-to`g`ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bunda bank ustamasi bo`lmaydi va tadbirkor bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniga ega bo`ladi. Ushbu mablag`lar mahsulot etishtirish, qayta ishlash va xarid qilish, texnika sotib olish uchun 10 yilgacha 14 foizdan ajratiladi.

Shu bilan birga, intensiv bog` va tokzorlar, logistika ob`ektlari tayyor qurilib, tadbirkorlarga lizingga beriladi. Endi, tadbirkor 20 foizini oldindan to`laydi, qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo`lib-bo`lib to`laydi.  

Bunda tadbirkorlar o`z loyihalarini Qishloq xo`jaligi vazirligining shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to`g`ridan-to`g`ri o`zi moliyalashtiradi.

    Boshqa yangiliklar