Davlat rahbari raisligida o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishida pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi ta`kidlandi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot kotibi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpog`istonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Farg`ona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni o`zlashtirib, pilla klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Bu erlar Vetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.
Shuningdek, Oltinsoy, Sho`rchi, Konimex, Nurota, Muborak, G`uzor, Kattaqo`rg`on, Nurobod, Forish, Tuproqqal`a tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.