AsosiyDunyo

Rossiyada rus tilini yaxshi bilmagan migrantlarni jarimaga tortish taklif qilindi

'Rossiyada rus tilini yaxshi bilmagan migrantlarni jarimaga tortish taklif qilindi'ning rasmi

Xorijiy fuqarolar Rossiyada uch oydan keyin ham til bilish darajasi pastligicha qolsa, moslashish uchun to`lov to`lashlari kerak bo`ladi. Agar til bilish darajasi yuqori bo`lsa, migrant shaxsiy daromad solig`idan 50% chegirma olishi mumkin.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migrasiya bosh boshqarmasi boshlig`i Valentina Kazakova Davlat Dumasidagi davra suhbatida mamlakatda yashovchi migrantlar uchun past “til reytingi” uchun jarima solishni taklif qildi.

“Til reytingini joriy etishning samarali ta`siri moslashuv davridan keyin, masalan, identifikasiya kartasi olingan kundan boshlab bir oydan uch oy o`tgach paydo bo`lishi kerak. Agar reyting past bo`lsa, bu rag`batlantirish - moslashish to`lovi ", - deya iqtibos keltirgan Kommersant.

Shu bilan birga, rus tilini yaxshi bilish darajasi uchun chet el fuqarolari shaxsiy daromad solig`i bo`yicha chegirma olishlari mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar