Jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi shahri sudining qarori bilan Jamshid Fozilov 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan ham mahrum etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xabar berdi.
U Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 229-4-moddasi (er berish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Ma`lum qilinishicha, ayni paytda sudlanuvchi J. F. tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan apellyasiya shikoyati Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasida ko`rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.
Ma`lumot uchun:Fozilov 2016-2019 yillarda Qarshi shahri hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.