"Ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o`tkazish tartibini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 apreldan quyidagilar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi:
- ️pedagogik faoliyat bo`yicha 25 yil va undan ko`p ish stajiga ega pedagog xodimlar;
- ️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko`p bo`lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.